O'zbekiston

Bir oyda 25 milliard so‘mlik noqonuniy davlat xaridlari aniqlandi

Aksilkorrupsiya agentligi joriy yilning fevral oyida olib borilgan o‘rganishlar natijasini ochiqladi.

Bir oyda 25 milliard so‘mlik noqonuniy davlat xaridlari aniqlandi

 

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining maʼlum qilishicha, agentlik tomonidan 2023 yilning fevral oyida olib borilgan o‘rganishlarda ayrim vazirlik va idoralarning davlat xaridlarini amalga oshirishda qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yayotgani aniqlandi. 

 

Qayd etilishicha, 2023 yilning fevral oyida vazirlik va idoralar tomonidan jami 4,35 trln so‘mlik 77 411 ta davlat xaridlari amalga oshirilgan.  

 

Jumladan, Agentlik tomonidan 2023 yilning fevral oyida jami 25 milliard so‘mlik qonunbuzilish holatlarini bartaraf qilish hamda kelgusida shu kabi holatlariga yo‘l qo‘ymaslik haqida buyurtmachilarga 26 ta taqdimnoma, shuningdek, aniqlangan holatlarga huquqiy baho berish uchun to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

 

Xususan, «Uzbekistan Airports» AJ buyurtmachiligida 2023 yil 7 fevral kuni 4,3 milliard so‘mga jihozlar xarid qilish bo‘yicha o‘tkazilgan davlat xaridi o‘rganilganda «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi Qonunning 34-moddasi talabiga zid ravishda davlat xaridlari jarayonida ishtirokchilarga raqobatni cheklovchi shartlar kiritilganligi aniqlangan.

 

Shuningdek, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Xorazm hududiy filiali buyurtmachiligidagi 2023 yil 10 fevral kuni 2,6 milliard so‘mga «Temir-beton ustun» xarid qilish bo‘yicha o‘tkazilgan davlat xaridi o‘rganilganda «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi Qonunning 10,  14, 46-moddalari talablari buzilganligi maʼlum bo‘ldi.

 

Bundan tashqari, Toshkent viloyati Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi buyurtmachiligidagi 2023 yil 10 fevral kuni 796 million so‘mga tibbiy asbob uskunalar sotib olish bo‘yicha o‘tkazilgan davlat xaridida affillanganlik holatlariga baho berilmaganligi aniqlandi.

 

Mazkur holatlarda xarid komissiyasi tomonidan o‘zaro affillangan ishtirokchilar xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etishdan chetlatilmasdan O‘zbekiston Respublikasi «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi Qonunining 23-moddasi va «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonunining 14-moddasi talablari buzilgan.

 

Agentlik tomonidan kiritilgan taqdimnoma va so‘rovnomalar natijasida 12 ta davlat xaridi bekor qilingan hamda 7 ta maʼmuriy ish qo‘zg‘atilgan

Ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha uziladi: ko‘chalar ro‘yxati e’lon qilindi

Ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha uziladi: ko‘chalar ro‘yxati e’lon qilindi

Toshkentdagi ayrim ko‘chalar va turar joy majmualarida 19-oktyabrdan 20-oktyabrgacha ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Saida Mirziyoyeva Marko Rubioni Samarqandda kutib oldi

Saida Mirziyoyeva Marko Rubioni Samarqandda kutib oldi

Bu AQSh Davlat kotibining Markaziy Osiyoga ilk tashrifi ekani qayd etildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi yangi ko‘prikni borib ko‘rdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi yangi ko‘prikni borib ko‘rdi

Samarqand markazini “Shirin” massivi bilan bog‘lovchi zamonaviy ko‘prik qurilmoqda.

O‘zbekiston va AQSH munosabatlari: Markaziy Osiyo jahon matbuoti diqqat markazida

O‘zbekiston va AQSH munosabatlari: Markaziy Osiyo jahon matbuoti diqqat markazida

Marko Rubioning O‘zbekistonga tashrifi xalqaro nashrlarda yoritildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi

Prezidentga majmuani rivojlantirish, ziyorat turizmini kengaytirish va allomaning ilmiy merosini dunyoga targ‘ib qilish ishlari haqida axborot berildi.

Marko Rubio: “O‘zbekiston bilan hamkorlik biz uchun muhim”

Marko Rubio: “O‘zbekiston bilan hamkorlik biz uchun muhim”

AQSh Davlat kotibi Marko Rubio O‘zbekistonga tashrifi arafasida nega aynan hozir, dunyoda inqirozlar avj olgan bir paytda Samarqandga yo‘l olgani haqidagi savolga javob berdi.

Samarqandda xalqaro tadbirlar: ayrim yo‘llarda harakat cheklanadi

Samarqandda xalqaro tadbirlar: ayrim yo‘llarda harakat cheklanadi

18–22-oktyabr kunlari xalqaro tadbirlar sabab shaharga kirish yo‘llari va 16 ta markaziy ko‘chada transport harakati vaqti-vaqti bilan cheklanadi.

O‘yinchoq ichidan gashish chiqdi: ayol ushlandi

O‘yinchoq ichidan gashish chiqdi: ayol ushlandi

Giyohvand modda Toshkentga olib ketilayotgan bo‘lgan.