AQShda ayol qor odamini uchratgani aytildi
U buni tasvirga olib, tarmoqqa joylagan.

AQSHning Nyu-Gempshir shtatida yashovchi Barletta ismli ayol oʻrmonda iti bilan sayr qilib yurganida afsonaviy jonzotni uchratdi.
Avvaliga it oʻzini gʻayrioddiy tutib, oldinga yurishdan bosh tortgan. Shundan soʻng ayol qoʻlansa hidni sezgan va oʻzidan uncha uzoq boʻlmagan joyda ikki oyoqda yuradigan odamsimon jonzotni koʻrgan. U ayolni payqamay yashiringan boʻlsada, Barletta uni rasmga olishga ulgurgan.
Ayol bu qor odami edi deb taxmin qilmoqda. Videoda u uzoq koʻrinmagan. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ham bu bigfut yoki qor odami ekanini tasdiqlamoqda.








