O'zbekiston

Maktab va shifoxonalarning kuni "Tashabbusli byudjet"ga qoldimi?

So‘z Davlat byudjeti departamenti direktoriga.

Maktab va shifoxonalarning kuni "Tashabbusli byudjet"ga qoldimi?

 

Bugun, 29 mart kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2022 yildagi faoliyati tahlili va 2023 yildagi ustuvor vazifalari bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda Davlat byudjeti departamenti direktori Sherzod Muhammedov «Tashabbusli byudjet» doirasida o‘tkazilayotgan ovoz berish masalasiga to‘xtalib o‘tdi.

 

«Bugungi kunda «Tashabbusli byudjet» loyihasi ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. «Tashabbusli byudjet» tartibiga muvofiq unga maʼlum bir taklif yuborish bo‘yicha cheklovlar qo‘yilmagan. Misol uchun, umumtaʼlim muassasalariga quyosh panellarini o‘rnatish yoki maktablarni jihozlash bo‘yicha taklif kiritishda cheklov yo‘q. To‘g‘ri, bu ishlar davlat byudjeti hisobidan amalga oshirilishi kerak. Lekin barcha ijtimoiy soha muassasalarini 2-3 yilda davlat byudjeti hisobidan taʼmirlashning imkoniyati bormi? Biz shu narsani o‘ylab ko‘rishimiz kerak. Davlat byudjeti tomonidan ham bu ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida ham avvalgi yillardan kamaymagan miqdorda mablag‘lar ajratilmoqda. Ushbu mablag‘lar bevosita ijtimoiy soha muassasalarini qurishga, jihozlashga va taʼmirlashga yo‘naltiriladi. Endi «Tashabbusli byudjet» jarayoni orqali o‘tkazilayotgan mablag‘lar esa davlat dasturlariga muvofiq ajratilgan mablag‘larga qo‘shimcha ravishda ajratilmoqda. Umumtaʼlim muassasalari taʼmirlash ishini tezroq qilish maqsadida loyihalarni ilgari surishmoqda. Misol uchun, quyosh panellarini o‘rnatish va maktabni jihozlash bo‘yicha tegishli muassasalar harakat qilmasligi ham mumkin. Ularga hech qanday talab yo‘q. Muassasalar loyihada qatnashmasdan o‘z navbatlarini kutib, belgilangan muddatda investitsiya ishlari amalga oshirsa bo‘ladi», – dedi Sherzod Muhammedov.

 

Shuningdek, Davlat byudjeti departamenti direktori o‘qituvchi va shifokorlarni ovoz yig‘ish jarayoniga majburlash masalasiga ham to‘xtalib o‘tdi.

 

«O‘qituvchi va tibbiyot muassasalarining xodimlarini ovoz yig‘ishga majburlashni barcha salbiy baholaydi. Buni maktab direktori yoki masʼul shaxslar o‘zlarini qiynayotgan muammoni tezroq hal qilish uchun amalga oshirayotgan bo‘lishi mumkin. Lekin bu masala bo‘yicha hech qanday tashkilot tomonidan ovoz yig‘ishga majburlash holatlari bo‘lishi mumkin emas va bo‘lmaydi», – deydi Muhammedov.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Maktab va shifoxonalarning kuni "Tashabbusli byudjet"ga qoldimi? | Zamon.uz