Shakira ham juftini topdi
Yaqinda u futbolchi Pike bilan ajrashgandi

Yaqinda futbolchi Jerar Pike bilan ajrashgan Shakiraning hayotida boshqa erkak paydo boʻldi, deb yozmoqda Mirror nashri insayderlariga tayanib.
Aniqlanishicha, qoʻshiqchi ismi sir tutilayotgan inson bilan 4 oydan beri uchrashib yuribdi.
Shakira Pike bilan birga 12 yil yashagan Barselonadan butunlay koʻchib ketish haqida yangi yildan oldin soʻz ochgan. Janob X esa u koʻchib oʻtmoqchi boʻlgan Mayamida yashaydi.
Ammo dekabr oyida qoʻshiqchining otasi jarohatlanib, u Ispaniyada qolishiga toʻgʻri keldi. Yaqinda u yana koʻchmoqchi boʻlib turganida esa onasi kasallanib qoldi.
Shakira Pike bilan oilasi 23 yoshli talaba qiz tufayli buzilganiga chidolmay ularni qoʻshiqlari orqali "chaqib olishda" davom etmoqda.








