Sobiq bosh vazir yadro urushidan qo‘rqib, bunkerli uy qidirmoqda
Siyosatchining rafiqasi ham Ukraina mojarosida yadro quroli qo‘llanishidan xavotirda.

Italiya sobiq bosh vaziri Silvio Berluskoni va uning rafiqasi Marta Fashina yadro urushidan qo‘rqmoqda. Ular bombapanali uy qidiryapti.
Italiyaning Libero Quotidiano nashriga ko‘ra, Marta Rossiya yadro quroli xaqidagi xabarlarga o‘ta jiddiy qaraydi. U Ukraina mojarosida ushbu turdagi qurol qo‘llanishidan xavotirda.
Hozirda juftlik radioaktiv moddalardan himoyalaydigan uy qidirmoqda. Agar munosib joy topilmasa, Berluskonining Arkordagi qarorgohida bunker paydo bo‘lishi mumkin.
Ayrim OAVga ko‘ra, siyosatchining Sardiniyadagi mashhur "Chertoza" villasida bombapana bor, ammo u radiatsiyadan himoya qilmaydi.







