AQSh dunyo bo'ylab demokratiyani qo'llab-quvvatlash uchun katta mablag' ajratadi
Shuningdek, Bayden butun duyoda OAV va erkin saylovlar uchun 690 million dollar ajratilishini e’lon qildi.

Oq uy 2022-2024-yillarda butun dunyoda demokratiya va inson huquqlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 9,5 milliard dollar ajratishni rejalashtirmoqda. Mazkur bayonot Oq uy saytida chop etilgan.
“2022, 2023 va 2024-moliyaviy yillarda Qoʻshma Shtatlar butun dunyo boʻylab demokratiya, inson huquqlari va yaxshi boshqaruvni qoʻllab-quvvatlash uchun Kongress bilan hamkorlikda va mablagʻlar mavjud boʻlgan taqdirda, taxminan 9,5 milliard dollar sarmoya kiritgan va taʼminlash majburiyatini olgan”, deyiladi bayonotda.
Bundan tashqari, AQSh butun dunyo bo'ylab ommaviy axborot vositalari va erkin saylovlarni qo'llab-quvvatlash uchun 690 million dollar ajratishini e'lon qildi. Bu haqda AQSh prezidenti Jo Bayden “Demokratiya sammiti”da so‘zlagan nutqida bayonot berdi.
Ilk marta “Demokratiya sammiti” 2021-yilda boʻlib oʻtgan.
Ikkinchi “Demokratiya sammiti” 28-30-mart kunlariga belgilangan va unda Yevropa, Afrika, Osiyo va Lotin Amerikasi yetakchilari ishtirok etmoqda.
AQShning NATO bo'yicha ittifoqchilari Turkiya va Vengriya sammitiga taklif qilinmadi.







