Tarixda birinchi marta samolyot Baykal ko'li muzlari ustiga noqonuniy qo‘ndi
Ushbu qo‘nish qattiq qo‘riqlanadigan tabiat hududida ilk bor ro‘y bergani aytilmoqda.

"Bolqonbo‘yi qo‘riqxonasi" davlat inspektorlari Kichik dengiz ko‘lida samolyot noqonuniy qo‘nganini aniqladi.
Aniqlanishicha, noqonuniy qo‘nish tarixda birinchi marta qattiq qo‘riqlanadigan tabiat hududida ro‘y bergan.
Maʼlum bo‘lishicha, samolyotdagi fuqarolar Novosibirskdan uchgan va Olxon orolida ovqatlanish uchun to‘xtagan. Ammo ular Rossiya Federatsiyasi qonunlarini buzayotganini bilmagan.







