AQSH Davlat kotibi jiddiy ogohlantirish bilan chiqdi
Bu rossiyalik fuqarolar bilan bog‘liq.

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Rossiyadagi barcha Amerika fuqarolari zudlik bilan mamlakatni tark etishi kerakligini aytdi. Bu haqda davlat kotibining rasmiy bayonotida aytildi.
Amerikalik diplomat The Wall Street Journal jurnalisti Evan Gershkovichning hibsga olinishi fonida bayonot bera turib, shunday chaqiriq bilan chiqqan.
Davlat kotibiga ko‘ra, Davlat departamentining ustuvor vazifasi xorijdagi AQSH fuqarolarining xavfsizligidir.
«Biz Rossiya Federatsiyasi hududida AQSH fuqarolariga tahdid solayotgan xavf haqida qattiq ogohlantiramiz», — dedi Blinken.
Blinken, shuningdek, uning idorasi muxbirning hibsga olinishi bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha WSJ vakillari bilan aloqada ekaninini qo‘shimcha qilgan..
Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Yekaterinburg shahrida The Wall Street Journal'ning Moskvadagi byurosining 32 yoshli xodimi Evan Gershkovich josuslikda ayblanib, FXX tomonidan hibsga olingandi.







