O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev xorazmlik fermerlar bilan uchrashdi

Shundan so‘ng Prezidentning viloyatga tashrifi yakunlandi.

Shavkat Mirziyoyev xorazmlik fermerlar bilan uchrashdi

 

Bugun, 31 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangibozor tumanidagi “Xorazm faxri” urug‘chilik klasteri dalasida bo‘ldi.

 

Bu klasterning umumiy yer maydoni 286 gektar. Shundan 147 gektarida g‘alla, 122 gektarida paxta yetishtirilmoqda. 45 kishi doimiy ish bilan taʼminlangan.

 

Davlat rahbari ekinlar rivojini ko‘zdan kechirdi. G‘alla va g‘o‘zaning navi, mevali daraxtlar hosildorligi bilan qiziqdi.

 

Maʼlumki, Xorazm suv taqchil hudud sanaladi. Shuning uchun dehqonchilikda suv tejovchi texnologiyalardan foydalanishga harakat qilinmoqda. G‘alla maydonining bir qismida yomg‘irlatib sug‘orish yo‘lga qo‘yilgan. Olma ko‘chatlari qadalgan yangi bog‘ oralariga esa sabzi, piyoz, sholg‘om kabi qishloq xo‘jaligi ekinlar ekish yo‘lga qo‘yilgan.

 

Prezident bunday omilkorlikni boshqalarga ham o‘rgatish kerakligini taʼkidladi.

 

O‘zbekistonada g‘alladan bo‘shagan maydonlar takroriy ekin ekish uchun ishsiz aholiga bo‘lib berilmoqda. “Xorazm faxri” urug‘chilik klasterida ham 80 nafar aholiga 30 sotixdan sabzavot ekish uchun yer berilgan. Bu yil yana 26 nafar kishiga yer ajratilishi ko‘zda tutilgan.

 

Prezident shu yerda qishloq xo‘jaligi xodimlari, fermer va dehqon xo‘jaliklari vakillari bilan suhbatlashdi. Xorazmning tuprog‘iga mos ekinlar yetishtirish, qishloq xo‘jaligini sanoatlashtirish muhimligi qayd etildi.

 

Shuning bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga tashrifi yakunlandi.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev xorazmlik fermerlar bilan uchrashdi | Zamon.uz