Toshkent hayvonot bog‘iga kirish chiptalari uchun narxlar oshiriladi
Bu Hayvonot bog‘ida saqlanayotgan jonivorlarning ozuqasi narxining oshishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Narxlar joriy yilning 1 aprelidan oshiriladi. Narx oshishiga sabab sifatida mutasaddilar Hayvonot bog‘ida saqlanayotgan jonivorlarning ozuqasi narxining oshishi bilan bog‘liq ekanini aytmoqda.
Imkoniyati cheklanganlar va 7 yoshdan kichik bo‘lgan bolalar uchun kirish bepul.
Xizmatni o‘tayotgan harbiylar, nafaqadagi fuqarolar va 7 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun kirish chipta narxi 20 ming so‘m. 16 yoshdan kattalar uchun esa 35 ming so‘m etib belgilandi.







