O'zbekiston

Xorazmda 6 ta yangi korxona ochildi

Prezident viloyatga tashrifi davomida ramziy tugmani bosib, ushbu korxonalarni ishga tushirdi.

Xorazmda 6 ta yangi korxona ochildi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatidagi “Yangibozor tekstil agroklaster” masʼuliyati cheklangan jamiyatining to‘qimachilik korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

 

Qiymati 13 mlrd so‘mdan ziyod bo‘lgan mazkur loyiha doirasida  xorijdan zamonaviy uskunalar keltirib o‘rnatilgan. Yiliga 5 million dona tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish quvvati yaratilgan. Tovarlarning 65 foizini eksportga yo‘naltirish mo‘ljallangan.

 

Bugungi kunda bu yerda 500 ga yaqin xotin-qizlar ishlamoqda.

 

Davlat rahbari korxonadagi ish jarayoni bilan tanishish asnosida ular bilan suhbatlashdi. Xotin-qizlar chekka tumanlarga ham ham sanoat kirib kelayotgani, o‘z uyi yaqinida shunday zamonaviy korxonada ishlayotganidan mamnunligini aytishdi.

 

Shu yerda Xorazm viloyatidagi 6 ta yangi korxonani ishga tushirish marosimi bo‘ldi. Ular – Urganch shahridagi “Eko Obi hayot” korxonasi tomonidan gipsokarton mahsulotlari, Urganch tumanidagi “Zakirov” xususiy korxonasi tomonidan burama mix, Xiva gilami kombinatining ikkinchi bosqichi, Bog‘ot tumanidagi “Koba teks” korxonasi tomonidan tayyor gazlama, Urganch tumanidagi “Xorezm Solt Biznes” korxonasi tomonidan texnik tuzlar, Xonqa tumanidagi “Xorezmteks Feyshn” korxonasi tomonidan tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalaridir. Ushbu korxonalar vakillari videoaloqa orqali majmualar salohiyati haqida axborot berdi.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev ramziy tugmani bosib, ushbu yangi korxonalarni ishga tushirdi.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Xorazmda 6 ta yangi korxona ochildi | Zamon.uz