Bugun O‘zbekistonda do‘l yog‘ishi kutilyapti
Ayrim hududlarda kuchli shamol va momaqaldiroq bo‘ladi.

«O‘zgidromet» 2-aprel kuni soat 20:00 gacha respublika hududida kuzatiladigan ob-havo prognozini maʼlum qildi.
Unga ko‘ra, bugun Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. momaqaldiroq bo‘lishi, do‘l yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi, 12-14 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-12, kunduzi 23-25 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi, baʼzi joylarda do‘l yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda 22-25 metr/sekundgacha yetishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 7-12, kunduzi 12-17 daraja bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, Navoiy viloyatida baʼzi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, ayrim hududlarda do‘l yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda 22-25 metr/sekundgacha yetishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 9-14, kunduzi 17-22 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, ayrim hududlarda do‘l yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 9-14, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi.
Samarqand, Jizzax, viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, ayrim hududlarda do‘l yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 9-14, kunduzi 18-23 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, Qashqadaryo viloyatida baʼzi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, ayrim hududlarda do‘l yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10-15, kunduzi 17-22 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12, kunduzi 22-27 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, baʼzi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, ayrim hududlarda do‘l yog‘ishi mumkin. Baland tog‘li hududlarda qorga aylanishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.








