Samarqandda avtobus krandan tushib ketdi
Holat bo‘yicha viloyat IIB YHXB maʼlumot berdi.

Bugun, 1 aprel kuni Samarqand shahrida yaroqsiz holatga kelib, ro‘yxatdan chiqarilgan Mersedes-Benz rusumli avtobus bir yuk avtomobilidan boshqasiga ko‘chirib olinayotganda ko‘tarma kranning ilgichidan chiqib ketib, o‘ng tomonga ag‘darilgan.
Rasmiy xabarga ko‘ra, hodisa oqibatida hech kim jabr ko‘rmagan.








