Toshkent viloyatida salkam 50 tup ko‘chat o‘tin qilish maqsadida kesib tashlandi
Ular o‘rmon xo‘jaligi hududida bo‘lgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Saksonota o‘rmon xo‘jaligi Chotqol o‘rmon bo‘limiga qarashli 4 gektar maydonda xandon pista ko‘chatlari kesib tashlanayotgani haqida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan Tabiat resurslari vazirligining viloyat boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
Maʼlum bo‘lishicha, 1987 yilda tug‘ilgan Chirchiq shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro S.A. 48 tup turli o‘lchamdagi xandon pista daraxtlarini o‘tin qilish maqsadida kesib tashlagan.
“Holat yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirilib, huquqbuzarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismiga asosan jarima hamda tabiatga keltirilgan zarar hisob-kitob qilinib, undirish ishlari amalga oshirilmoqda”, — deyiladi xabarda.








