AQSHda respublikachilarning katta qismi saylovda Trampni qo‘llashga tayyor
Avvalroq sobiq prezidentga sud tomonidan ayblov qo‘yilgandi.

O‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, sud ayblovlariga qaramay respublikachilarning 50 foizdan ortig‘i 2024 yili bo‘lib o‘tadigan AQSH prezidentligi saylovida Donald Tramp nomzodini qo‘llab-quvvatlashga tayyor.
Trampdan keyingi o‘rinda Florida gubernatori Ron DeSantis bormoqda, uni respondentlarning 21 foizini qo‘llab-quvvatlamoqchi. Ovoz to‘plash bo‘yicha uchinchi o‘rinda Janubiy Karolinaning sobiq gubernatori va AQSHning BMTdagi sobiq vakili Nikki Xeyli turibdi, uni 5 foiz respublikachilar qo‘llamoqda.
Bundan tashqari, Trampga qo‘yilgan ayblov bo‘yicha ham so‘rovnoma o‘tkazildi. Amerikaliklarning 43 foizi ayblovning asosiy sababi sifatida siyosiy tarafkashlikni ko‘rsatmoqda, respondentlarning 42 foizi esa Trampni javobgarlikka tortish kerak degan fikrda.








