Politsiya ponining ortidan 2 soat kuzatdi
Xo‘jayinidan qochib ketgan jonivor ularga bo‘ysunmagan.

AQSHning Alabama shtatida politsiya qochqinning ortidan 2 soat yurishiga to‘g‘ri keldi.
Gap shundaki, xo‘jayinidan qochib ketgan poni ularga bo‘ysunishni xohlamadi. U politsiya chaqiriqlariga qaramay ko‘cha bo‘ylab sayrini davom ettirdi.
Politsiya uni yalpizli qand va pissa bo‘laklari bilan o‘ziga og‘dirishga ham urinib ko‘rdi. Ammo urinishlar samarasiz ketdi.
Oradan 2 soat o‘tgachgina jonivor taslim bo‘ldi. Uni avvaliga otda yurishni o‘rgatish markaziga yuborishdi, keyinroq ponining egasi topilib, uni o‘z fermasiga olib ketdi.








