Turkiya sanksiyalarga qaramay Rossiya samolyotlariga yonilg‘i bermoqda
AQSH esa ayrim turk kompaniyalarini ogohlantirdi.

Turkiya Rossiyadan kelayotgan avialaynerlarga yonilg‘i quyish va ularga xizmat ko‘rsatishga to‘liq taqiq yo‘qligi sababli mamlakat aviakompaniyalariga tegishli samolyotlarga yonilg‘i quyishda davom etmoqda.
OAVning qayd etishicha, har bir kompaniya samolyotga xizmat ko‘rsatish yoki ko‘rsatmaslikni o‘zlari mustaqil hal qiladi.
Qo‘shma Shtatlardan ogohlantirish olganidan so‘ng Havas va TGS provayderlari Rossiya samolyotlariga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatdi.
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 27-aprel kuni Turkiyada «Rosatom» tomonidan qurilgan Akkuyu atom elektr stansiyasining ochilishida ishtirok etishi mumkin.








