Jahon

Lavrov AQSH davlat kotibi bilan WSJ jurnalistining hibsga olinishini muhokama qildi

Taʼkidlanishicha, AQSH elchixonasi muxbirning hibsga olingani haqida xabardor qilingan. Uning keyingi taqdiri sud tomonidan belgilanadi.

Lavrov AQSH davlat kotibi bilan WSJ jurnalistining hibsga olinishini muhokama qildi

 

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken bilan Amerikaning "The Wall Street Journal" (WSJ) gazetasi jurnalisti Evan Gershkovichning hibsga olinishini muhokama qildi. 

 

“Davlat kotibi tomonidan ayg‘oqchilikda gumon qilingan AQSH fuqarosi Evan Gershkovichning Rossiyada hibsga olinishi yuzasidan ko‘tarilgan muhokama kontekstida Entoni Blinkenning eʼtibori qonun va Rossiyaning xalqaro majburiyatlariga muvofiq qabul qilingan Rossiya rasmiylarining qarorlarini hurmat qilish zaruratiga qaratildi”, — deyiladi Rossiya TIV xabarida.

 

Davlat departamentining qayd etilishicha, Blinken suhbat davomida Gershkovichni, shuningdek, josuslikda ayblanayotgan yana bir amerikalik Pol Uilanni zudlik bilan ozod qilishni talab qildi. O‘z navbatida, Lavrov Vashingtondagi rasmiylarni va G‘arb OAVlarini bu ishga siyosiy tus berish maqsadida vaziyatni keskinlashtirmaslikka chaqirdi. Vazir Gershkovich jinoiy ish bilan qo‘lga olinganini taʼkidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, jurnalist o‘z maqomini niqob qilib, davlat sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni to‘plagan.

 

Tashqi ishlar vazirligining qo‘shimcha qilishicha, AQSH elchixonasi muxbirning hibsga olingani haqida xabardor qilingan, uning keyingi taqdiri sud tomonidan belgilanadi.

 

Suhbat chog‘ida Lavrov va Blinken ikki tomonlama xarakterdagi ayrim masalalarga ham to‘xtalib o‘tgan. Davlat departamentida taʼkidlanishicha, ular diplomatik missiyalar o‘z faoliyatini davom ettirish imkonini beruvchi muhitni yaratish muhimligini muhokama qilgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Lavrov AQSH davlat kotibi bilan WSJ jurnalistining hibsga olinishini muhokama qildi | Zamon.uz