Rossiyada amaldorlarning xorijga chiqish pasportlari olib qo‘yilmoqda
Kreml buni tasdiqlagan.

Rossiyalik amaldorlardan xorijga chiqish pasporti olib qo‘yilmoqda. Bu haqda Financial Times xabar berdi.
Gazeta maʼlumotlariga ko‘ra, kuchishlatar tizimlar oliy martabalari amaldorlar va davlat kompaniyalari rahbarlarining pasportlarini musodara qilgan. Bu ularning xorijga chiqishining oldini olish uchun amalga oshirilgan. Qayd etilishicha, hokimiyat idoralarida “axborot sizib chiqishi va xoinlik paranoyyasi” kayfiyati tarqalmoqda.
RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov “nozik sohalar”da ishlayotgan amaldorlarning xorijga tashrifi nazorati kuchaytirilganini tasdiqlagan.
FT Moskva byurosi rahbari Maks Seddon buning ortida Kreml va FXXning elitalar sadoqatiga katta shubha bilan qarashi yotganini aytgan. Uning fikricha, ko‘plab amaldorlar norasmiy muloqotlarda urushga qarshi chiqqan.







