Ukrainaga beriladigan tanklarga Ruminiyada xizmat ko‘rsatiladi
Baza deyarli tayyor.

Germaniyaning Rheinmetall qurol ishlab chiqaruvchisi Ruminiyaning Satu Mare shahrida Ukrainaga yetkazib beriladigan qurollarga xizmat ko‘rsatish uchun logistika va harbiy texnikani taʼmirlash markazi qurmoqda va u shu oydan ishga tushiriladi.
Baza o‘ziyurar gaubitsalar, “Leopard 2” va “Chellenjer” tanklari, “Marder” piyoda askarlarining jangovar mashinalari, “Fuchs” zirhli transportyorlari va harbiy yuk mashinalariga xizmat ko‘rsatishi mumkin.
Maʼlumot o‘rnida: Germaniya Ukrainaga bir necha o‘nlab tanklar va zirhli mashinalar taqdim etgan.







