Britaniya TikTokʼni katta jarimaga tortdi
Platforma mamlakat qonunlarini buzgan.

TikTok maʼlumotlarni himoya qilish qonunini bir necha marta buzganlik uchun 12,7 mln funt sterling (15,88 million dollar) to‘lashi kerak bo‘ladi. Gap 13 yoshgacha bo‘lgan bolalarning shaxsiy maʼlumotlaridan ularning ota-onalari roziligisiz foydalanish haqida bormoqda. Bunday jarimani Britaniyaning maʼlumotlarni himoya qilish xizmati belgiladi.
TikTok ushbu platformadan foydalanayotgan Buyuk Britaniyadagi 13 yoshgacha bo‘lgan 1,4 millionga yaqin bolalarning ota-onalaridan rozilik olmagan.
Shuningdek, markaz TikTok o‘z platformasidan kim foydalanayotganini tekshirish uchun yetarli ish qilmaganini taʼkidladi. Shuningdek, u voyaga yetmaganlarning kirishini yopish uchun yetarli choralar ko‘rmayapti.








