Erdog‘an Mirziyoyevga elektrokar sovg‘a qilmoqchi
Turkiyaning birinchi “Togg” elektromobili sotuvga chiqdi. Uning birinchi egasi Erdog‘аn bo‘ldi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘аn Turkiyada ishlab chiqarilgan "Togg T10X" elektromobilining birinchi egasi bo‘ldi. Bu haqda "Anadolu" xabar qildi.
Anqaradagi Prezident majmuida avtomobil kalitlarini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda Turkiya prezidentining rafiqasi Emine Erdоg‘аn ham ishtirok etdi.
"Bugundan boshlab biz “Togg”ni yo‘llarda ko‘ramiz", — dedi Turkiya rahbari tadbirdagi nutqida.
Shuningdek, tadbirda Erdog‘аn elektromobil Ozarbayjon prezidentiga yuborilgani va O‘zbekiston rahbariga ham sovg‘a qilinishini aytgan.
Prezident “Togg” nafaqat Turkiyada, balki butun dunyoda avtomobil ixlosmandlari orasida shuhrat qozonishiga ishonch bildirdi.
Maʼlumot uchun: Turkiyada ishlab chiqarilgan ilk elektromobil modeli — "Togg T10X"ni xarid qilish uchun arizalarni joylashtirish jarayoni boshlanganidan beri jami 177 467 ta oldindan buyurtma olindi.







