O'zbekiston

Magniyga bo‘lgan kunlik ehtiyoji miqdori qancha?

Mutaxassis bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

Magniyga bo‘lgan kunlik ehtiyoji miqdori qancha?

 

Magniy — salomatlik uchun o‘ta muhim mikroeliment. U organizmda energiya, oqsil, uglevod va yog‘ almashinuvini taʼminlovchi fermentlar faoliyatini muvofiqlashtirib turadi. Qolaversa, yurak ritmining buzilish xavfini kamaytirishi, tomirlarda qon ivishining oldini olishi bilan ahamiyatli.

 

Bu modda tanqisligi kuchli stress, ruhiy tushkunlik, bosh aylanishi va og‘rig‘i, sababsiz vahima, surunkali charchoq, uyqu buzilishi, xotira susayishi, meʼda-ichak spazmi, yurak urishining tezlashishi, qon bosimi oshishi yoki tushishi, mushaklar tortishishi singari belgilar bilan namoyon bo‘ladi.

 

Organizmning magniyga bo‘lgan kunlik ehtiyoji 300-350 milligrammga teng. Homiladorlik va boshqa holatlarda bu ko‘rsatkich yana-da ortishi tabiiy. Ushbu massa oziq-ovqat isteʼmoli orqali olinadi.

 

Yong‘oq, guruch, baliq, jigar, pishloq, grechixa yormasi, kunjut, qovoq, makkajo‘xori, boshoqli va dukkaklilar, meva-sabzavotlar mikroelementning asosiy manbayidir.

 

Biroq so‘nggi vaqtlarda fast food, gazli ichimliklar, shakar va tuzga boy hamda yarim tayyor mahsulotlar ovqatlanish ratsionimizdan keng o‘rin egallayotgani tufayli organizm yetarli miqdorda magniydan bahramand bo‘lmayapti.

 

Shuningdek, spirtli ichimliklariga ruju qo‘yish, chekish kabi zararli illatlar ham magniy tanqisligini keltirib chiqarmoqda.

 

Magniy yetishmasligi biriktiruvchi hujayralarning kuchsizlanishi singari og‘ir kasalliklarga olib kelishi mumkin. Bunday holatda shifokor tomonidan maxsus dori preparatlari tavsiya qilinadi.

 

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Magniyga bo‘lgan kunlik ehtiyoji miqdori qancha? | Zamon.uz