O'zbekiston

O‘zbekistonda ilk bor 1,5 yoshli bolaning umurtqasida murakkab operatsiya o‘tkazildi

Oldin bunday jarrohlik muolajalarini bajarish uchun bemorning balog‘at yoshiga yetishi kutilgan.

O‘zbekistonda ilk bor 1,5 yoshli bolaning umurtqasida murakkab operatsiya o‘tkazildi

 

Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida ilk bor 1 yoshu 4 oylik bolaning ortiqcha yarim tana umurtqasini olib tashlash jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi.

 

Bemor Muhammadusmon Ibragimov 2021 yilda Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida tug‘ilgan. Dunyoga kelganida umurtqa pog‘onasida tug‘ma anomaliya borligi aniqlangan. Yaʼni umurtqa pog‘onasi ko‘krak-bel qismi sohasida qiyshiqlik, chap tomonda ko‘krak qafasining bo‘rtib chiqib qolishi kuzatilgan.

 

Vaqtinchalik muolajalardan so‘ng ota-onasi Respublika travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga murojaat qildi.

 

Kerakli laborator va instrumental tekshiruvlardan so‘ng Muhammadusmonga “Umurtqa pog‘onasi tug‘ma rivojlanish anomaliyasi, umurtqa pog‘onasi ko‘krak-bel qismi tug‘ma skoliozi, ko‘krak va bel qismi shakllanishi buzilishi. Chap tomonlama VThX yarim umurtqasi” tashxisi qo‘yildi.

 

Muassasada  VTh 12 yarim umurtqani olish, skoliotik deformatsiyasini korreksiyalash va endokorrektor bilan stabilizatsiya qilish operatsiyasi  muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Hozir bemorning ahvoli qoniqarli.

 

Markaz rahbari Murod Irismetovning taʼkidlashicha, avvallari bunday jarrohlik muolajalarini bajarish uchun bemorning balog‘at yoshiga yetishi kutilgan. 

 

Oqibatda o‘tgan davrda butun umurtqa pog‘onasida og‘ir skoliotik deformatsiya yuzaga kelib, yakunda juda katta jarrohlik amaliyoti o‘kazilishiga to‘g‘ri kelgan.  Bundan tashqari, bemorning ko‘krak qafasi organlarida ikkilamchi o‘zgarishlar paydo bo‘lgan. Bu esa ko‘pincha  bemorning umrbod nogiron bo‘lib qolishiga olib kelgan.

 

Endi mazkur murakkab amaliyotning erta yoshda o‘tkazilishi yuqoridagi kabi asoratlar va tug‘ma nogironlikning oldi olinishiga xizmat qiladi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda ilk bor 1,5 yoshli bolaning umurtqasida murakkab operatsiya o‘tkazildi | Zamon.uz