O'zbekiston

Muddati o‘tgan tovarlar haqida maʼlumot berganlar rag‘batlantiriladi

Bu haqda Prezident tomonidan qabul qilingan yangi qarorda nazarda tutilgan.

Muddati o‘tgan tovarlar haqida maʼlumot berganlar rag‘batlantiriladi

 

Prezident imzolagan yangi qarorga ko‘ra, isteʼmolchilar hayoti yoki sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan mahsulotlarning noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq qilmish uchun javobgarlik kuchaytiriladi.

 

Muddati o‘tgan tovarlar haqida xabar bergan shaxslar rag‘batlantiriladi. Bu haqda prezident tomonidan qabul qilingan PQ–110-sonli qarorda nazarda tutilgan.

 

Hujjatga ko‘ra, isteʼmolchilar hayoti yoki sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan mahsulotlarning noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq qilmish uchun javobgarlik kuchaytiriladi.

 

Shuningdek, etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarining noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq qilmish uchun javobgarlik ijtimoiy xavflilik darajasidan kelib chiqib o‘rnatiladi.

 

Qolaversa, sanitariya qonunchiligi va veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalarini buzganlik uchun belgilangan maʼmuriy javobgarlik kuchaytiriladi.

 

Quyidagilardan xilof ravishda foydalanganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi:

 

o‘zganing tovar belgisi;

xizmat ko‘rsatish belgisi;

geografik ko‘rsatkichi;

tovar kelib chiqqan joy nomi;

adashtirib yuborish darajasida ular bilan o‘xshash bo‘lgan belgi yoki firma nomi.

 

Belgilangan talablar va shartlarning qo‘pol ravishda buzilishi oqibatida litsenziyasi bekor qilingan yoki xabardor qilish tartibida faoliyatni (harakatlarni) amalga oshirishi tugatilgan tadbirkorlarga qator faoliyat turlari bilan shug‘ullanishiga cheklovlar belgilanadi.

 

Litsenziya olish talab qilinadigan faoliyat turlari:

 

Isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish;

Alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi;

Tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish;

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning

muomalada bo‘lishi bilan bog‘lik faoliyat;

Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish (bundan oftalmologiya tibbiy buyumlarini chakana realizatsiya qilish mustasno).

 

Vakolatli organlarni xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat turlari:

 

Pivo va pivo ichimliklari ishlab chiqarish;

Alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish;

Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini sotish;

Tamaki mahsulotlari bilan ulgurji va chakana savdo qilish;

Pivo mahsulotlari bilan ulgurji savdo qilish.

 

Mazkur masalalar yuzasidan tegishli qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

 

Qarorga muvofiq, isteʼmolchilar huquqlari himoya qilinishini taʼminlash, sertifikatlanmagan, saqlash muddati o‘tib ketgan, kontrafakt va isteʼmolga yaroqsiz tovarlarni ishlab chiqarish holatlari hamda ularning aylanmasiga chek qo‘yishda jamoatchilik nazorati kuchaytiriladi.

 

Jumladan:

 

murojaatlar yagona axborot tizimi orqali qabul qilinadi va ular vakolatli organlar tomonidan qisqa muddatlarda ko‘rib chiqiladi;

huquqbuzarliklar haqida xabar bergan shaxslar rag‘batlantiriladi.

 

1 iyuldan ko‘piklanadigan va tabiiy vino mahsulotlari aksiz markalari bilan markalanmaydi.

 

1 avgustdan alkogol mahsulotlarining tovar belgilari ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning mavjudligi alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish uchun litsenziya talabi hisoblanadi.

 

1 sentabrdan tamaki mahsulotining ulgurji va chakana savdosi, pivo mahsulotining ulgurji savdosi xabardor qilish tartibida amalga oshiriladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Muddati o‘tgan tovarlar haqida maʼlumot berganlar rag‘batlantiriladi | Zamon.uz