Prokuratura tizimini obro‘sizlantirishga urinilyapti—BP
Ijtimoiy tarmoqdagi anonim murojaatlar bo‘yicha izoh berildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda anonim shaxslar orqali tarqatilayotgan murojaatlar bo‘yicha Bosh prokuratura rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, yirik internet nashrlari va blogerlarga mavhum sahifa (profil) lardan anonim shaxslar murojaat qilib, ular orqali prokuratura organlari xodimlari hamda prokuratura tizimini obro‘sizlantirish va qoralashga qaratilgan feyk xabarlarni yoritish bo‘yicha urinishlar kuzatilmoqda.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston qonunchiligida yolg‘on va noto‘g‘ri axborotlarni tarqatganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.
Shu bilan birga, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 29-moddasida anonim murojaatlar ko‘rib chiqilmasligi qat’iyan qayd etilgan.








