O'zbekiston

Ayrim toifadagi shaxslarga baʼzi tovarlar xaridi uchun to‘langan QQS qaytariladi

Bu Prezidentning tegishli qarorida belgilab qo‘yildi.

Ayrim toifadagi shaxslarga baʼzi tovarlar xaridi uchun to‘langan QQS qaytariladi

 

Qarorga ko‘ra, 2023-yil 15-apreldan eksperiment tariqasida Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi huzuridagi “Agroservis operator” DUK orqali tashabbuskorlar loyihalarni moliyalashtirishning quyidagi yangi tizimi joriy etiladi: 

 

  • meva-sabzavotlarni saqlash, qayta ishlash, logistika quvvatlarini yaratish yo‘nalishidagi loyihalar Agentlikning tumandagi loyiha ofislariga taqdim etilib, Qishloq xo‘jaligi vazirligining yagona elektron axborot platformasi orqali “Agroservis operator” DUKka yetkaziladi;

  • intensiv bog‘ va tokzorlar, agrologistika obyektlari hamda texnologik liniyalar, oziq-ovqat sanoatidagi liniyalar qurilib, tayyor holda tashabbuskorlarga lizing asosida topshiriladi. Bunda lizing to‘lovi 10 foizi oldindan to‘lash, 10 foizi tashabbuskorlar ulushi, 80 foizi 10 yil davomida bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan amalga oshiriladi.

 

Vazirlikning Geoaxborot tizimida 8 ta asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari (paxta, g‘alla, sholi, piyoz, sabzi, kartoshka, makkajo‘xori hamda moyli ekinlar) ekilishini, vegetatsiya davrini monitoring va tahlil qilish amaliyoti joriy etiladi.

 

2023-yil 1-iyungacha paxta, g‘alla, meva-sabzavotlar yetishtirish uchun imtiyozli kredit ajratish jarayonlari raqamlashtiriladi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga “Agroplatforma” axborot tizimi joriy etiladi.

 

2023-yil 1-maydan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslar quyidagi ro‘yxatga muvofiq tovarlarning chakana savdo obyektlarida xaridini amalga oshirganda xarid summasining 1 foizi miqdoridagi to‘lov o‘rniga, xarid summasida to‘langan QQS summasi qaytariladi.

 

2023-yil 1-iyundan qishloq xo‘jaligi sohasidagi barcha subsidiyalar “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarga subsidiya berish” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

 

Qarorga ko‘ra shuningdek, Prezidentning tegishli qarori doirasida Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasiga 2023-yilda 400 milliard so‘m byudjet ssudasi yillik 10 foiz stavkada ajratiladi.

 

Vazirlik huzurida asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini tahlil qilish markazi tashkil etiladi.

 

2023-yilda har bir viloyatda o‘rtacha 250-300 gektardan namunaviy bog‘-tokzorlar barpo etiladi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasida chorvaga ozuqa yetishtirish uchun beriladigan yerlar maydoni 2 gektardan 5 gektarga oshiriladi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"