Garri Potter haqida yangi serial suratga olinishi mumkin
Hozirda film ijodkorlari bu bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

Warner Bros. Discovery (WBD) mashhur Garri Potter seriyasini yangi aktyorlar bilan qayta ishga tushirishni ko‘rib chiqmoqda, deya xabar berdi Еuronews.
WBD hozirda HBO Max uchun Dj.K.Rouling kitoblari seriyasining 7 fasllik yangi televizion moslashuvini ishlab chiqarish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
Seriyaning har bir fasli Roulingning Garri Potter haqidagi yetti kitobidan biriga asoslangan.
Muzokaralar hali dastlabki bosqichda. Roulingning loyihada ishtirok etishga rozilik bergani haqida xabar yo‘q. Serial asl nusxaga mos kelishi uchun muallifning ishtiroki talab qilinadi.







