O'zbekiston

O‘zbekistonda ekologik nazorat inspeksiyasi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Prezident bu bo‘yicha mutasaddilarga topshiriq berdi.

O‘zbekistonda ekologik nazorat inspeksiyasi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

 

Bugun, 6 aprel kuni Prezident Shavkat MIrziyoyev tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan chora-tadbirlar taqdimoti bilan tanishdi.

 

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan maʼmuriy islohotlarga muvofiq, Tabiat resurslari vazirligi tashkil etilgan edi. Hozirgi kunda bu sohada dolzarb vazifalar juda ko‘p.

 

Tabiiy muhitni asrab-avaylagan holda, qo‘riqxona va pitomniklarda ekoturizmni, ov xo‘jaliklarida ovchilik turizmini rivojlantirish mumkin. Shu bois tabiat maskanlariga sayyohlarni jalb qilish, yovvoyi hayvonlarni ko‘paytirish uchun pitomniklar tashkil etish vazifasi qo‘yildi.

 

Prezident suv, havo, yer va yerosti boyliklarini muhofaza qilish masalasiga alohida eʼtibor qaratdi.

 

Xususan, 500 ziyod korxonada suv tozalash inshooti standartga javob bermaydi, baʼzilarida umuman yo‘q. Kompensatsiya miqdori kamligi sababli, bunday texnologiya o‘rnatishdan ko‘ra kompensatsiya to‘lash foydali bo‘lib qolgan. Shu bois meʼyordan ortiqcha oqova uchun kompensatsiya to‘lovini oshirish taklifi bildirildi. Davlat rahbari ekologik nazorat inspeksiyasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriq berdi.

 

Jumladan, mamlakatda yiliga 7 million tonna maishiy chiqindi hosil bo‘lyapti. Shundan faqat 2 million tonnadan ziyodi qayta ishlanadi. Qolgan chiqindilardan paydo bo‘layotgan issiqxona gazi va sizot suvlar tabiatga zarar yetkazyapti.

 

Ohangarondagi eski poligonda chiqindidan 15 Megavatt elektr energiyasi olish loyihasi boshlangan. Davlat rahbari bu tajribani kengaytirib, boshqa poligonlarda ham chiqindini qayta ishlash va muqobil energiya olishni yo‘lga qo‘yish zarurligini taʼkidladi.

 

O‘rmon xo‘jaligida daraxt bilan qoplangan hududlar atigi 8 foiz ekani, albatta, yetarli emas. Ko‘chatchilikni rivojlantirib, cho‘llarda 221 ming gektar, tog‘ hududida 15 ming gektar o‘rmonlar barpo qilishga imkoniyat borligi qayd etildi.

 

Bunda o‘rmonchilik sohasini rivojlantirish hamda “Yashil makon” umumilliy loyihasini amalga oshirishda tubdan yangi tizimni joriy etishga ko‘rsatma berildi. Jumladan, bog‘ va o‘rmonlarni barpo etish markaziy moliyalashtiriladigan manzilli dastur asosida amalga oshirilishi qatʼiy belgilandi.

 

Gidrometeorologiya yo‘nalishida avtomatlashgan meteorologik stansiyalarni ko‘paytirish, gidrologik o‘lchov uskunalarini avtomatlashtirish, agrometeorologik xizmat bo‘yicha mobil ilovani ishga tushirish choralari belgilandi.

 

Bundan tashqari, har bir tuman va shaharlarda atmosfera havosi ifloslanishini monitoring qilish uchun avtomatlashgan kichik stansiyalar o‘rnatiladi. Shunga asosan, hududlarning havo tozaligi reytingi shakllantirilib, mansabdor shaxslar ishiga baho berib boriladi.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.