O'zbekiston

O‘zbekistonda futbolni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tuziladi

Prezident sohani rivojlantirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi.

O‘zbekistonda futbolni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tuziladi

 

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar siyosati va sportni rivojlantirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

 

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan maʼmuriy islohotlarga muvofiq, Yoshlar siyosati va sport vazirligi tuzilgandi. Taqdimotda bu sohalarda davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish va ularni rivojlantirishga doir chora-tadbirlar belgilandi.

 

Yangi tizimga ko‘ra, yoshlar o‘rtasida festival, forum, tanlov va boshqa madaniy-maʼrifiy tadbirlarni yagona yillik kalendar reja asosida o‘tkazish joriy qilinadi va bu bo‘yicha maʼlumotlar yoshlarportali.uz yagona elektron platformasiga joylashtirib boriladi. “Yoshlar daftari” orqali taqdim etiladigan ijtimoiy-iqtisodiy xizmat turlari 2023-2024 yillarda 1,5 barobargacha oshiriladi.

 

Yoshlar siyosati va sport vazirligi tarkibidagi 3 ta davlat unitar korxonasi faoliyati maqbullashtirilib, ularning funksiyasi xususiy sektorga o‘tkaziladi.

 

Davlat byudjeti mablag‘laridan samarali foydalanish maqsadida sohadagi 24 ta yo‘nalishni qamrab olgan “ERP Sport” yagona elektron boshqaruv tizimi ishga tushiriladi.

 

Sohani raqamlashtirish va sport turizmini rivojlantirishga ham katta eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, kelgusi yildan boshlab musobaqalarda qatnashadigan sportchilarning shaxsi va malakasini identifikatsiya kartalari orqali aniqlash tartibi joriy etiladi. Sportga homiylik ko‘rsatgan jismoniy shaxslarga chet ellardagi turnirlarda ishtirok etish imkoniyati beriladi. Buning uchun ular o‘rtasida lotereya o‘yinlari o‘tkaziladi.

 

Soha vakillarini qo‘shimcha rag‘batlantirish maqsadida Yoshlar siyosati va sport vazirligining stipendiyasi joriy etilmoqda. Shuningdek, sportchilarga huquqiy, tibbiy xizmatlar ko‘rsatish tadbirlari ham nazarda tutilmoqda.

 

Mamlakatda futbol eng ommaviy sport turi. Shu bois bu yo‘nalishni rivojlantirish masalasiga alohida to‘xtalib o‘tildi. FIFAning maxsus dasturi asosida bog‘cha va mahallalarda “Ommaviy futbol”, o‘rta taʼlimda “Maktablarda futbol” hamda oliy o‘quv yurtlarida “Talabalar ligasi” dasturlarini joriy qilish taklifi bildirildi.

 

Iqtidorli futbolchilarni tanlash va tayyorlashning uzviyligini taʼminlash maqsadida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi huzurida 14 ta futbol maktabi, “Do‘stlik” stadioni negizida barcha yosh toifalari uchun Terma jamoalar markazi tashkil etiladi. Futbol bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash markazi faoliyati takomillashtirilib, Xorvatiya, Yaponiya va boshqa davlatlardan mutaxassislar jalb qilinadi.

 

Soha infratuzilmasini rivojlantirish uchun O‘zbekiston futbolini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tuziladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari hududiy futbol assotsiatsiyalarining rahbarlari etib belgilanadi.

 

Davlat rahbari bu takliflarni qo‘llab-quvvatlab, ularni samarali amalga oshirish yuzasidan yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda futbolni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tuziladi | Zamon.uz