Turkiyadagi kurortga qalin qor yog‘di
Cheshme shahar meri buni “iqlim inqirozi” deb atamoqda.

Turkiyaning Egey dengizi sohilidagi Cheshme kurortiga to‘satdan do‘l va qor yog‘di. Bu haqda shahar meri Tunch Soyer xabar berdi.
“Aprel oyidagi bunday surat iqlim inqirozi bizning eshiklarimizni taqillatmaganini, balki hayotimizda allaqachon mavjud ekanligini anglatadi”, — deb yozadi Soyer.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bo‘ronli shamollar bilan birga kelgan do‘l va qor Cheshmening uchta tumanida yog‘gan.
O‘t o‘chirish mashinalari qor ostida qolganlarga yordam ko‘rsatdi. Shuningdek, ofat oqibatlari bartaraf etilgan.








