AQSH Ukrainaga razvedka maʼlumotlarini berib borgan — OAV
Bu haqda The New York Times xabar berdi.

Amerika Qo‘shma Shtatlari Ukrainaga zarbalar, jumladan, rus generallarini o‘ldirish uchun mo‘ljallarni berib borgan. Bu haqda The New York Times nashri xabar berdi.
"Urush davomida Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga qo‘mondonlik punktlari, o‘q-dorilar omborlari va Rossiya harbiy liniyalaridagi boshqa muhim narsalar haqida maʼlumot berdi. Bunday tezkor razvedka ukrainaliklarga rus qo‘shinlarini nishonga olish, yuqori martabali generallarni o‘ldirish va ularni boshqa joyga ko‘chirishga majbur qilish imkonini berdi", — deyiladi xabarda.
Shu bilan birga, Ukraina rasmiylarining o‘zlari ham o‘z rejalarini AQSH bilan baham ko‘rishga ikkilanib qolishgan. Chunki bu maʼlumotlar sizib chiqishidan qo‘rqishgan.
“Hatto o‘tgan yozda ham AQSH razvedkachilari Rossiyaning harbiy rejalarini Ukrainanikidan ko‘ra yaxshiroq tushunishlarini aytishgan”, — deyiladi xabarda.







