O'zbekiston

Archa o‘yinchoqlari xaridi uchun mart oyida noqonuniy davlat xaridi o‘tkazilgani aniqlandi

Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi maʼlum qildi.

Archa o‘yinchoqlari xaridi uchun mart oyida noqonuniy davlat xaridi o‘tkazilgani aniqlandi

 

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan  joriy yilning 27 mart kuni “Daryo.uz” saytida eʼlon qilingan “Qashqadaryoda  Yangi yil archasini bezash uchun 262,0 mln so‘m sarflandi” nomli xabarda qayd etilgan holatlar bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi. 

 

O‘rganish natijasida Koson tuman Obodonlashtirish boshqarmasi buyurtmachiligida “Archa o‘yinchoqlari” xaridi uchun 2023 yil 27 mart kuni o‘tkazilgan davlat xaridida O‘zbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunning 7-moddasi (asoslanganlik prinsipi), 8-moddasi (moliyaviy mablag‘lardan foydalanishning oqilonaligi, tejamkorligi va samaradorligi prinsipi) 10-moddasi (raqobat va xolislik prinsipi), 14-moddasi (manfaatlar to‘qnashuvi), 26-moddasi (davlat xaridlari jarayoni) talablari buzilganligi aniqlandi.

 

Xususan, davlat xaridlarini o‘tkazishning  maqsadga muvofiqligi va zarurligi, maqbul muddatlarda o‘tkazish imkonini beradigan oqilona va tejamkor usulda amalga oshirilishi kabi prinsiplariga zid ravishda: 

 

➖davlat xaridlarini rejalashtirish;

➖xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish;

➖shartnomani tuzish va bajarish bosqichlariga amal qilinmagan holda 2022 yil dekabr va 2023 yil yanvar oyida o‘tkazilgan Yangi yil bayrami uchun noqonuniy tarzda tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan joriy yilning 27 mart kuni “Archa o‘yinchoqlari” xarid qilish yuzasidan davlat xaridi o‘tkazilgan.

 

Mazkur holatlar bo‘yicha 2023 yil 31 mart kuni Xarid komissiyasining bayonnomasini bekor qilish to‘g‘risida buyurtmachiga taqdimnoma kiritildi va chora ko‘rish uchun to‘plangan hujjatlar Davlat moliyaviy nazorat inspeksiyasiga yuborildi. 

 

Agentlikning taqdimnomasiga binoan Koson tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan 2023 yil 4 aprel kuni Xarid komissiyasining bayonnomasi bekor qilindi.

Ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha uziladi: ko‘chalar ro‘yxati e’lon qilindi

Ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha uziladi: ko‘chalar ro‘yxati e’lon qilindi

Toshkentdagi ayrim ko‘chalar va turar joy majmualarida 19-oktyabrdan 20-oktyabrgacha ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Saida Mirziyoyeva Marko Rubioni Samarqandda kutib oldi

Saida Mirziyoyeva Marko Rubioni Samarqandda kutib oldi

Bu AQSh Davlat kotibining Markaziy Osiyoga ilk tashrifi ekani qayd etildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi yangi ko‘prikni borib ko‘rdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi yangi ko‘prikni borib ko‘rdi

Samarqand markazini “Shirin” massivi bilan bog‘lovchi zamonaviy ko‘prik qurilmoqda.

O‘zbekiston va AQSH munosabatlari: Markaziy Osiyo jahon matbuoti diqqat markazida

O‘zbekiston va AQSH munosabatlari: Markaziy Osiyo jahon matbuoti diqqat markazida

Marko Rubioning O‘zbekistonga tashrifi xalqaro nashrlarda yoritildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi

Prezidentga majmuani rivojlantirish, ziyorat turizmini kengaytirish va allomaning ilmiy merosini dunyoga targ‘ib qilish ishlari haqida axborot berildi.

Marko Rubio: “O‘zbekiston bilan hamkorlik biz uchun muhim”

Marko Rubio: “O‘zbekiston bilan hamkorlik biz uchun muhim”

AQSh Davlat kotibi Marko Rubio O‘zbekistonga tashrifi arafasida nega aynan hozir, dunyoda inqirozlar avj olgan bir paytda Samarqandga yo‘l olgani haqidagi savolga javob berdi.

Samarqandda xalqaro tadbirlar: ayrim yo‘llarda harakat cheklanadi

Samarqandda xalqaro tadbirlar: ayrim yo‘llarda harakat cheklanadi

18–22-oktyabr kunlari xalqaro tadbirlar sabab shaharga kirish yo‘llari va 16 ta markaziy ko‘chada transport harakati vaqti-vaqti bilan cheklanadi.

O‘yinchoq ichidan gashish chiqdi: ayol ushlandi

O‘yinchoq ichidan gashish chiqdi: ayol ushlandi

Giyohvand modda Toshkentga olib ketilayotgan bo‘lgan.