Ertaga Toshkentda baʼzi ko‘chalar yopiladi
8-aprelda poytaxtda 20-motomavsum ochiladi.

Ertaga, 8-aprel kuni Toshkent shahrida 20-motomavsum ochilishi o‘tkaziladi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, poytaxtda motosayyohlarning tantanali yurishi bo‘lib o‘tishi munosabati bilan bir necha ko‘chalar soat 12:00 dan 13:00 gacha yopiladi.
Ular quyidagilar:
—Cho‘pon ota ko‘chasi yaqinidagi avtoturargohdan Yettiterak ko‘chasi bo‘ylab O‘zbekiston shohko‘chasi bilan kesishmasigacha;
—Yettiterak ko‘chasining O‘zbekiston shohko‘chasi bilan kesishmasidan shohko‘chaning Buxoro ko‘chasi kesishmasigacha (Kosmonavtlar metro bekati);
—Buxoro ko‘chasi Kosmonavtlar metro bekatidan Alisher Navoiy ko‘chasi bilan kesishmasigacha;
—Alisher Navoiy ko‘chasi Buxora ko‘chasidan Furqat ko‘chasi bilan kesishmasigacha;
—Furqat ko‘chasi Alisher Navoiy ko‘chasidan Bunyodkor shohko‘chasi bilan kesishmasigacha;
—Furqat ko‘chasining Bunyodkor shohko‘chasi bilan kesishmasidan “Milliy” stadionining asosiy kirish qismi oldidagi maydonchagacha.








