Samarqandda 19 yoshli kelin o‘zini osib qo‘ydi
Hodisaga ayolning fotosurati internetda tarqatilgani sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatining Urgut tumanida 19 yoshli kelin shaxsiy fotosurati Telegram tarmog‘idagi behayo kanalga chiqarib yuborilgani sababli o‘zini osib qo‘ygani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmati maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, Urgut tumani prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan tekshirish natijasiga ko‘ra jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish haqida qaror qabul qilingan.
Hozirda mazkur qaror Samarqand viloyati prokuraturasi tomonidan nazorat tartibida o‘rganilib bekor qilingan va qo‘shimcha tekshirish harakatlarini har tomonlama, to‘liq va xolisona o‘tkazish xaqida ko‘rsatma berilgan.
“Qo‘shimcha tekshirish natijalari bo‘yicha qabul qilingan qonuniy qaror haqida keng jamoatchilikka eʼlon qilinadi”, — deyiladi xabarda.








