Olimlar Amir Temurning uchta qilichini topishdi
Ular hozirda Eronda saqlanmoqda.

O‘zbek olimlari Amir Temurga tegishli 3 ta qilich topilgani haqidagi ma’lumotni e’lon qilishdi. Bu haqda Temuriylar davlat tarixi muzeyi ma’lum qildi.
“Amir Temurning bizga ma’lum bo‘lgan qilichi bugungi kunda Eron Islom respublikasidagi Tehron milliy muzeyida saqlanmoqda”, - deydi muzey ilmiy xodimi.
So‘nggi yillarda eronlik tarixchi olimlari tomonidan nashr qilingan bir qancha kitob-albomlarda Eron Islom respublikasi muzeylarida Amir Temurga tegishli bir emas, naq uchta qilich borligi ma’lum bo‘ldi.
Sohibqironga tegishli qilichlardan biri Tehron milliy muzeyida bo‘lsa, qolgan ikkitasi shahardagi Sa’dobod saroy-majmuasi hududidagi Harbiy muzeyda saqlanayotgani aniqlangan.








