Bayden saylovda yutish uchun blogerlarni ishga solmoqchi
Oq uyning to‘rt nafar xodimi blogerlar bilan ishlashga masʼul bo‘ldi.

Jo Bayden maʼmuriyati 2024 yilgi saylov kampaniyasi davomida amaldagi davlat rahbari nomzodini yoshlar o‘rtasida targ‘ib qilish uchun turli platformalarda, jumladan, TikTokʼda yuzlab blogerlarni jalb qilmoqchi.
Qayd etilishicha, demokratlar blogerlar yordamida partiyaning bo‘lajak saylovlardagi muvaffaqiyati uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yosh saylovchilar orasida Baydenning obro‘sini oshirishi mumkin.
“Agar Bayden 2024 yilda Respublikachilar partiyasidan nomzod bo‘lsa, sobiq prezident Trampning ijtimoiy tarmoqlardagi ko‘p sonli izdoshlariga qarshi turishi mumkin bo‘lgan yosh saylovchilarning yordami kerak bo‘ladi”, — deyiladi xabarda.
Oq uyning to‘rt nafar xodimi blogerlar bilan ishlashga masʼul. Yoshlar, shuningdek, shahar atrofida yashovchilar orasida auditoriyani qamrab olish ustuvor vazifa hisoblanadi.
Bayden maʼmuriyati o‘z akkauntlarini TikTok ijtimoiy tarmog‘ida yurituvchi blogerlardan foydalanish rejalariga qaramay, platformaning o‘zi jiddiy muammolarga duch kelmoqda. Oq uy TikTok egalari ByteDanceʼdan o‘z ulushlarini sotishni talab qilmoqda, aks holda ilova AQSHda taqiqlanishi mumkin.








