CNN: Ukraina Pentagonning oshkor etilgan hujjatlari sabab rejalarini o‘zgartirdi
Qaysi rejalar o‘zgartirilgani aniqlanmagan.

"O‘tgan hafta AQSH razvedkasining maxfiy hujjatlari oshkor qilinganidan so‘ng Ukraina harbiylari hujumga oid baʼzi harbiy rejalarini o‘zgartirdi", — deb yozadi CNN Vladimir Zelenskiyga yaqin manbaga tayanib.
Qaysi rejalar o‘zgartirilgani aniqlanmagan.
"Ayni paytda, Pentagon jamoat mulki bo‘lgan maxfiy hujjatlarning haqiqiyligini tekshirish va baholashda davom etmoqda", — dedi AQSH Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Sabrina Singx.
Bundan tashqari, CNN maʼlumotlariga ko‘ra, sizib chiqish Pentagonni odatda har kuni yuzlab odamlarga ochiq bo‘ladigan muhim hujjatlar tirajini qisqartirishga undagan.
Mart oyida internetda Ukrainaning qarshi hujumi, qurol-yarog‘ yetkazib berish, qo‘shinlar soni va, maʼlum bo‘lishicha, Xitoy hamda Yaqin Sharq mamlakatlariga oid maxfiy hujjatlar tarmoqlarda paydo bo‘lgan.
Skrinshotlarga ko‘ra, ular dastlab Discord messenjer platformasida joylashtirilgan.







