O'zbekiston

Farg‘onada qo‘shnilar o‘rtasida janjal chiqdi

Oqibatda bir kishi jarohatlanib vafot etgan.

Farg‘onada qo‘shnilar o‘rtasida janjal chiqdi

 

Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumanida 2-aprel kuni fuqaro qo‘shnisini pichoqlab qo‘ydi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov maʼlumot berdi.

 

Qayd etilishicha, Qo‘shtepa tumanining Gulobod tumanida yashovchi F.Q. Nexia-2 avtomashinasida harakatlanib ketayotganda qo‘shnisi F. X.ning xotiniga signal chalib, chetroqda yurishni aytadi.

 

Janjal shu tariqa boshlanib, unga boshqalar ham qo‘shiladi. Og‘izdan bemaza gaplar chiqadi. Oqibati shu bo‘ladiki, F.Q. oshxona pichog‘i bilan haligina o‘zi signal chalgan ayolning turmush o‘rtog‘i va qaynakasiga tashlanib, ularga turli darajada jarohat yetkazadi. Yetkazilgan jarohatlar natijasida aka-ukalarning kichigi (33 yosh) voqea joyida vafot etadi, kattasi (39 yosh) kasalxona tushadi.

 

Holat yuzasidan yuzasidan o‘sha kuniyoq tuman prokuraturasi tomonidan qasddan odam o‘ldirish alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, F. Q. (36 yosh) tegishli tartibda ushlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"