Samarqanddagi metan “zapravka”da yuk mashinasi yonib ketdi
U 20 tonna yonilg‘i tashishga mo‘ljallangan bo‘lgan.

Bugun, 10 aprel kuni Samarqand viloyati Urgut tumanidagi gaz tarqatish shoxobchasi hududida yong‘in sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, soat 16:48 da Samarqand viloyati FVBga Urgut tumanida joylashgan «Qorabulok» MFYda gaz tarqatish shoxobchasi hududida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar kelib tushgan.
Maʼlum bo‘lishicha, yonilg‘i sig‘imi 20 tonna bo‘lgan yuk mashinasi yonib ketgan. Zudlik bilan voqea joyiga FVV viloyat boshqarmasining 4 ta yong‘in-qutqaruv guruhi yetib borgan va yong‘in soat 17:35 da o‘chirilgan.
Yong‘in o‘chirilgandan so‘ng vaziyatni o‘rganish davomida ushbu hodisa natijasida bir kishi jarohatlangani maʼlum bo‘ldi. U eng yaqin tibbiy muassasaga yotqizilgan.








