”Tashabbusli byudjet”da g‘olib bo‘lmagan 1000 dan ortiq loyihaga ham pul ajratiladagan bo‘ldi
Prezident bu bo‘yicha topshiriq berdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga binoan “Tashabbusli byudjet” jarayonining 2023 yil birinchi mavsumida ishtirok etib, har biri 2 mingdan ortiq ovoz to‘plagan, lekin g‘olib deb topilmagan 1 309 ta loyihani amalga oshirish uchun qo‘shimcha 1,3 trln. so‘m mablag‘ ajratiladi.
Bunda qo‘shimcha 1 182 ta mahalla bo‘yicha 4,3 mln. nafar fuqaro ovoz bergan loyihalar amaliyotga tatbiq etiladi.








