Turkiya ilk bor koinotga o‘zining sunʼiy yo‘ldoshini uchiradi
Bu haqda Erdog‘an Twitter‘dagi sahifada maʼlum qildi.

Turkiyaning birinchi IMECE kuzatuv sunʼiy yo‘ldoshi 11 aprel kuni orbitaga chiqariladi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an 9 aprel, yakshanba kuni Twitter'dagi sahifasida yozdi.
«Turkiya global kosmik poygaga malakali kadrlar, imkoniyatlar va o‘zi ishlab chiqqan texnologiyalar bilan hissa qo‘shishda davom etadi», — deb yozdi Davlat rahbari.
IMECE sunʼiy yo‘ldoshi Turkiya kosmik texnologiyalar tadqiqot instituti (TÜBITAK UZAY) muhandislari tomonidan yaratilgan.
11 aprel, seshanba kuni institut hududida sunʼiy yo‘ldoshning uchirilishi munosabati bilan tantanali marosim bo‘lib o‘tadi. Unda Turkiya Prezidenti yig‘ilganlarga videomurojaat qiladi.
Uchrashuvda Turkiya Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar va Turkiya Sanoat va texnologiya vaziri Mustafa Varank ishtirok etadi.
Turkiyaning IMECE sunʼiy yo‘ldoshini Space X Turkiya vaqti bilan soat 09.50 da uchiradi.
Xuddi shu raketa turk fazo kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan AKUP, KILIÇSAT va CONNECTA T2.1 sunʼiy yo‘ldoshlarini koinotga olib chiqadi.
IMECE sunʼiy yo‘ldoshi 21 fevral kuni AQSHning Vandenberg havo kuchlari bazasiga yetkazildi. Qahramanmarash provinsiyasidagi zilziladan keyin mamlakatdagi vaziyat tufayli tegishli tartib amalga oshirilmadi.
IMECE sunʼiy yo‘ldoshi 2017 yilda uchirilgan. U 680 kilometr balandlikda ishlaydi.
Sunʼiy yo‘ldoshlar sayyoramizning barcha burchaklaridan suratga olishi mumkin, tabiiy ofatlar haqida maʼlumot beradi, kartografiya va qishloq xo‘jaligida keng qo‘llaniladi.
Ham fuqarolik, ham xavfsizlik maqsadlarida foydalanish mumkin bo‘lgan sunʼiy yo‘ldoshning taxminiy xizmat muddati – besh yil.
Qurilmaning og‘irligi taxminan 700 kg, o‘lchami 2x3, 1 metr.
U birinchi marta uzunligi 1000 km va eni 16,73 km bo‘lgan maydonni suratga olish imkoniyatiga ega bo‘ladi va yerdagi stansiyasiga sekundiga 320 megabayt tezlikda suratlarni yuklay oladi.







