"Aeroflot” aviakompaniya tarixida ilk bor o‘z uchog‘ini Eronga taʼmirlash uchun yubordi
"Airbus A330-300" samolyoti "Mahan air" mutaxassislari tomonidan taʼmirlanadi.

Kompaniya samolyotning qo‘nish moslamalariga xizmat ko‘rsatadi. Ilgari, ushbu maqsadlar uchun “Aeroflot” Gonkongning “HAYECO” kompaniyasiga murojaat qilgan.
Rossiya aviakompaniyasining taʼkidlashicha, "Mahan air" zarur moddiy bazaga, sertifikatlarga va katta tajribaga ega.
Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan keyin sanksiyalar doirasida mamlakat aviakompaniyalariga tegishli samolyotlarga xizmat ko‘rsatish va ularga ehtiyot qismlar sotish taqiqlangan.







