AQShda COVID tufayli joriy etilgan favqulodda holat bekor qilindi
JSST ham kasallikdan o'lim holatlari kamayganini ma'lum qilgan.

AQSh prezidenti Jo Bayden koronavirus tarqalishi sababli joriy etilgan favqulodda holat rejimini bekor qildi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar qildi.
“Prezident COVID-19 pandemiyasi tufayli joriy etilgan milliy favqulodda holat tartibini bekor qiluvchi qonunni imzoladi”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bayden COVID-19 infeksiyasining paydo boʻlishi bilan bogʻliq maʼlumotlarning sirini ochish toʻgʻrisidagi qonunni imzolagandi.








