Janubiy Koreyada o'rmonlar yonmoqda
Oqibatda uylar, mehmonxonalar va boshqa binolar alanga ichida qolgan.

Quruq harorat va bahorgi issiqlik to'lqini sabab Janubiy Koreyaning bir qator hududlarida o'rmon yong'inlari boshlandi.
Gangyon shahrida alanga oqibatida kamida 28 ta uy, 12 ta pansionat va toʻrtta mehmonxona
vayron bo‘lgan.
300 dan ortiq mahalliy aholi va 700 ga yaqin sayyoh xavfli hududni tark etishga majbur bo‘ldi. Bu kabi olov o'choqlari mamalakatning boshqa hududlarini ham qamrab olgan.
Koreyalik meteorologlar mintaqada quruq ob-havo bahorgi maksimal darajaga yetganini aytishmoqda.








