Kamchatka qishloqlari vulqon kuli ostida qoldi
Joylarda kul qalinligi 8,5 sm.ga yetgan.

Mamlakat FVV vulqon kuli Petropavlovskga yetib borishi mumkinligini aytmoqda.
Klyuchi qishlog‘ida (vulqondan 50 km uzoqlikda) 60 yil ichidagi eng kuchli vulqon kuli tushdi. Joylarda allaqachon kul qalinligi 8,5 sm.ga yetgan.
Qutqaruvchilar qishloqqa himoya niqoblari bilan borishmoqda. Tumandagi barcha shifoxonalar va ambulatoriyalar kecha-yu kunduz ishlash rejimiga o‘tkazildi.







