Amerikalik Fekru Xirponing 20 ta lotereya chiptasi ham yutuqli chiqdi
Fekru Xirpo o‘zini “omadsizman” deya olmaydi.

Fekru Xirpo o‘zini “omadsizman” deya olmaydi.
U shunchaki omadini sinab ko‘rish uchun 20 dona lotereya chiptasi sotib olgan edi. Buni qarangki, ularning barchasi yutuqli bo‘lib chiqdi.
Har bir chiptadan 5000 dollardan, umumiy 100 000 dollar yutuq Fekruga nasib qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, avval buncha ko‘p lotereya chiptasi sotib olmagan, ammo o‘sha kuni nimadir uni shunday qilishga undagan.







