Amerikalik "qaroqchi kampir" hibsga olindi
78 yoshli ayol bankni tunadi.

AQSHning Missuri shtatida Bonni ismli ayol mast holda yolg‘iz o‘zi bankni talon-taroj qildi.
78 yoshli Bonni Guch Goppert moliyaviy bankiga kirib, kassaga "Menga 13 000 dollar pul kerak" degan qog‘ozni uzatdi. Bank xodimi uning talabiga bo‘ysunib, pulni kampir qo‘liga tutqazdi. U: "Rahmat, sizni qo‘rqitmoqchi emasdim, kechirasiz" deya naqd pulni olib, binodan chiqib ketdi.
Talonchi ayol hibsga olinganida, uning spirtli ichimlik isteʼmol qilgani aniqlandi. Politsiya uning Kaliforniyada 1977 va 2020 yillarda ikki marta banklarni o‘marganini maʼlum qildi.







