Jahon

Dengiz, qum, quyosh va jozibador tabiat uyg‘unligi — Turk riviyerasi

Antaliya o‘zining betakror tabiati, iliq quyoshi va feruza rangli dengizi bilan butun dunyoga mashhur. Ammo u faqatgina bulardan iborat emas.

Dengiz, qum, quyosh va jozibador tabiat uyg‘unligi — Turk riviyerasi

 

Xalq orasida Turk riviyerasi nomi bilan tanilgan, Turkiyaning O‘rta yer dengizi qirg‘og‘i — tabiat, tarix va madaniyatning mukammal uyg‘unligi bilan har yili millionlab mahalliy va xorijiy sayyohlarni o‘ziga jalb etib kelmoqda. Antaliya o‘zining betakror tabiati, iliq quyoshi va feruza rangli dengizi bilan butun dunyoga mashhur. Ammo u faqatgina bulardan iborat emas. Turk riviyerasi turli xil sayohat talablarini qondiradigan qator tadbirlarni ham taklif etadi. Jumladan, suv ostiga sho‘ng‘ish, yirik golf maydonlari, trekking marshrutlari, hamda, o‘zining milliy oshxona lazzatlaridan bahramand bo‘lishdan tortib, antik davrga oid ko‘plab tarixiy obidalarni ham taqdim etadi.

 

Antaliya va uning diqqatga sazovor joylari

 

O‘rta yer dengizi qirg‘og‘i haqida gap ketganda aqlga kelgan birinchi joy bu Turkiya Riviyerasining markazida joylashgan Antaliyadir. Shahar o‘zining tozaligi jihatidan moviy bayroqli deb topilgan 229 ta sohillari va afsonaviy tarixiy diqqatga sazovor yer usti boyliklari bilan dunyoga mashhur. Moviy osmon ostida sayyohlar maftunkor Karain, Dim va Damlatash g‘orlarini o‘zlari uchun kashf etishlari mumkin. Antaliya viloyati chegaralarida dunyodagi eng hayajonli trekking (piyoda yurish) yo‘llari, jumladan, Likiya yo‘li, Pisidiya yo‘li va Avliyo Pol yo‘llari mavjud. Antaliyadagi Kash mahallasi dunyodagi eng yaxshi 10 sho‘ng‘ish nuqtalaridan biri hisoblanadi. Paraplanda uchish va bir nechta suv sportlari mintaqada bajarilishi kerak bo‘lgan tadbirlardan biridir. Belek bir vaqtning o‘zida jahon darajasidagi golf maydonlari bilan eʼtirofga sazovor.

 

Ko‘l bo‘yi, atirgul va lavanta bog‘lariga “bir qadamlik” masofa

 

Antaliya O‘rta yer dengizi havzasidagi ko‘plab tabiiy moʻjizalari bilan tanilgan Afyonkarahisar, Antaliya, Burdur, Isparta va Koniya viloyatlari chegaralari ichidagi hududni o‘z ichiga olgan — Akshehir, Burdur, Beyshehir, Eirdir, Kovada va Salda kabi 16 ta ko‘llarga ega bo‘lgan mintaqadir.

 

Turk xalqining asosiy atirgul va lavanta yetishtiriladigan hududi Isparta tumanida joylashgan bo‘lib, u O‘rta yer dengizining tabiiy go‘zalligidan bahramand bo‘lishni istaganlar uchun turli imkoniyatlarni taqdim etadi. Toros tog‘larining narigi tomonidagi ushbu yashirin marvaridlarni o‘rganayotganingizda binafsha rangdagi lavantalarning jozibakor manzarasiga ajablanmasdan ilojingiz yo‘q.

 

O‘rta yer dengizi oshxonasi

 

O‘rta yer dengizi oshxonasi Turkiyaning eng boy va eng xilma-xil taomlari bilan barcha noziktaʼb ovqat shinavandalarining ham eʼtiborni tortadi. Organik zaytun moyi bilan tayyorlangan sabzavotli va go‘shtli taomlar ziravorlar bilan birgalikda o‘zgacha his uyg‘otishi bilan bir qatorda, baliq va dengiz mahsulotlari ham alohida zavq bag‘ishlaydi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Dengiz, qum, quyosh va jozibador tabiat uyg‘unligi — Turk riviyerasi | Zamon.uz