G‘arb yil oxirigacha Ukrainani moliyalashtirishga tayyor
Ukrainani qayta tiklash xarajatlari 411 milliard dollarga baholanmoqda.

Agar urush 2024-yilning o‘rtalarida yakunlansa, Xalqaro valyuta fondi Ukrainaning tashqi moliyalashtirishga bo‘lgan ehtiyoji 115 milliard dollarni tashkil etishini taxmin qilmoqda. Agar u 2025 yil oxirigacha davom etsa, ehtiyoj 140 milliard dollargacha oshadi.
Urushdan keyin Ukrainani qayta tiklash xarajatlari Jahon banki tomonidan 411 milliard dollarga baholanmoqda.
AQSH moliya vaziri Janet Yellenning so‘zlariga ko‘ra, donor davlatlar alohida platforma orqali Ukrainaga uzoq muddatli yordam ko‘rsatishni muvofiqlashtiradi, shuningdek, shoshilinch tiklanish, yaʼni energiya tarmoqlarini taʼmirlash uchun mablag‘ ajratadi.
O‘tgan hafta Xalqaro valyuta fondi 15,6 milliard dollarlik yordam paketini maʼqulladi, ammo dastur uchun "favqulodda xavflar" borligini aytdi.







